23:36 / 08.11.2020
4416
APL. «Manchester Siti» «Liverpul» o‘yinida murosa yo‘li tanlandi

Angliya Premer-ligasi 8-turi doirasidagi markaziy o‘yinda «Manchester Siti» «Liverpul»ga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Premier League

Qiziqarli va shiddatli o‘tgan uchrashuvning 13-daqiqasida Mane penalti ishlab, Saloh 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirgan bo‘lsa, 31-daqiqada Jyezus ajoyib goli bilan muvozanatni tikladi – 1:1.

Birinchi bo‘lim yakunida de Bryuyne mezbonlarni hisobda oldinga chiqarishi mumkin edi, ammo Kevinning penaltidan yo‘llagan zarbasi noaniq chiqdi. Yakunda o‘yinda murosa yo‘li tanlandi.

Natijada, «Liverpul» peshqadamlikka qayta olmay, 17 ochko bilan 3-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Manchester Siti» 12 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

APL. 8-tur.
Manchester Siti – Liverpul 1:1 

Gollar: 0:1 – 13, penalti Saloh, 1:1 – 31 Gabriel Jyezus.
Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Laport, Ruben Diash, Uoker, Rodri, de Bryuyne, Sterling, Gundo‘g‘an, Ferran Torres (Bernardu Silva, 61), Gabriel Jyezus.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Milner, 63), Gomes, Roberson, Matip, Saloh, Veynaldum, Mane, Henderson, Diogu Jota, Firmino (Shakiri, 59). 
Noaniq penalti: de Bryuyne (40)

Top