18:44 / 08.11.2020
15635
O‘ktam Barnoyevning ukasi Buxoro tumani hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Umedjon Barnoyev Buxoro tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. U koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning ukasi hisoblanadi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Barnoyev Umedjon Isoyevich Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Umedjon Barnoyev – 1970 yil 12 iyulda Romitan tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti - oliy. 1996 yilda Buxoro Oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi (hozirgi Buxoro muhandislik-texnologiya) institutini hamda 2000 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muhandis-mexanik, huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 1998 yilda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasida sud ijrochisi sifatida boshlagan. Faoliyati davomida Toshkent shahar prokuraturasi huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimi (2004−2013), «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati yuridik boshqarmasi huquqshunos maslahatchisi (2018) sifatida ishlagan.

2018−2020 yillarda esa «Safari Vogue» innovatsion turizm klasteri direktor o‘rinbosari, 2020 yildan mazkur MChJning bosh direktori lavozimida ishlagan.

  • Ma'lumot uchun, Umedjon Barnoyev 2016–2020 yillarda Buxoro viloyati hokimi lavozimida ishlagan, 2020 yil 20 sentyabrida koronavirus oqibatida vafot etgan O‘ktam Barnoyevning ukasi hisoblanadi.
  • Avvalroq Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar berilgandi.
Top