22:28 / 08.11.2020
7183
Tramp saylovlardagi firibgarliklar haqida yozma ko‘rsatmalarga egaligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z jamoasi prezident saylovlari o‘tkazilishida sodir etilgan firibgarliklar haqida yozma ko‘rsatmalarga egaligini aytdi. Tramp bu haqda tvitterda ma'lum qildi.

Foto: Reuters

“Biz saylovlarga yakun yasash bosqichini endigina boshlamoqdamiz. Biz qoidabuzarliklar haqidagi bu da'volarni ko‘rib chiqishimiz kerak. Biz saylovlardagi firibgarliklar haqida yozma ko‘rsatmalar olmoqdamiz”, deb aytilgan Tramp xabarida.

AQSh prezidenti Pensilvaniya shtatida ko‘plab byulletenlar shaxslarini aniqlashning imkoni bo‘lmayotgan odamlar tomonidan to‘ldirilganini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Tramp saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olmasligini va sud orqali ovozlar adolatli hisoblanishiga erishishini aytgandi. 

AQShning yetakchi OAVlari - ABC News, FOX News, CNN, AP va NBC AQSh prezidenti saylovlarida Jo Bayden g‘alaba qozonganini e'lon qildi. Hozircha saylovlarga rasman yakun yasalmagan. 

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Top