23:29 / 09.11.2020
6596

BMT bosh kotibi Baydenning saylovlardagi g‘alabasini tan oldi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Jo Baydenni AQSh prezidenti saylovlarida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi. 

Foto: Reuters

Reuters axborot agentligining xabar berishicha, Guterrish AQSh va BMT hamkorligi bugungi kunda dunyo to‘qnash kelayotgan muammolarni hal qilishdagi xalqaro hamkorlikning muhim ustuni hisoblanadi. BMT kotibining tabrigi Baydenga hamrohlik qilayotgan bo‘lg‘usi vitse-prezident Kamala Xarrisga ham yo‘llangan.   

Tabrik yo‘llanishi Guterrish AQShdagi saylovlarning rasmiy natijalari e'lon qilinishidan oldin Baydenning g‘alabasini tan olganini anglatadi.

7 noyabrda AQShning bir qator yetakchi OAVlari Baydenning saylovlarda g‘alaba qozonganini e'lon qildi. 

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus ham Baydenni g‘alaba bilan tabriklagandi. Ma'lum qilinishicha, Bayden prezident Donald Trampning AQShning JSSTdan chiqishi haqidagi qarorini bekor qilishga va'da bergan. 

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top