12:06 / 09.11.2020
3056
“Murg‘ak ko‘ngillarga hasrat solgan oqqon” – bemorlar ko‘makka muhtoj

Xayriya aksiyalarimizning aksariyatini gematologiya mavzusi, yoritayotgan bemorlarimizning ko‘pchiligini oqqon kasalligiga chalinganlar tashkil etadi. Uzoq vaqt davolanish, qimmat va kamyob dorilar xarid qilish, bemor bilan birga bir necha nafar yaqinlarni ham band qilib qo‘yishi bu kasallikka qarshi kurash naqadar murakkabligini anglatadi. Bugun ham sizning yordamingizga umid qilib turgan to‘rt nafar bemor haqida hikoya qilamiz.

Onam uchun jonimni berardim

– Farg‘ona viloyati Rishton tumanidanmiz. Onam Malohat Qo‘ziyeva endigina 38 yoshga kirganlar. Oqqonga chalinib qolgani tufayli yarim yildirki davolanib kelayapmiz. Oilada uch farzandmiz, kattasi menman, – hikoya qilib berdi Malohat Qo‘ziyevaning o‘g‘li Nodirbek.

Ikki singlim bor, ayniqsa kichigi, endigina birinchi sinfga boradi, u onamga juda ichikib qolgan. Onamning sog‘ayib ketishi, shu singlimning xursandchiligi uchun jonimni berish mumkin bo‘lsa berardim. Uyimizda sotishga arzirli narsa qolmadi, katta qarzga ham kirib ketdik. Shu oyda yangi bosqich muolajalarini boshlashimiz kerak, zarur mablag‘ni qayerdan olishni bilmay boshimiz qotgan. Iltimos, bizga yordam bering, – deydi Nodirbek.

Malohat Qo‘ziyevaga oid ma'lumotlar:

Uzcard (Click, Payme): Xalq banki: 8600 0604 9266 1336 (Malohat Qo‘ziyeva nomida)

Visa: 4790 9122 1086 0799 (Nodirbek No‘'monjonov nomida)

Sberbank: 4276 1819 6316 2422 (tanishi Muzaffar Abdualimov nomida)

Paynet uchun: +998913271370

Telefon: +998 990571370, +998916791645

* * *

Qoraqalpoq o‘g‘loni sizni kutmoqda

– Men Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidanman. O‘g‘lim Abdusalom Begimbayev 2018 yilda tavallud topgan. Endigina 2 yoshgan kirgan o‘g‘limda joriy yil mart oyida mana shu murakkab kasallik aniqlandi. Olti oydirki poytaxtdagi gematologiya shifoxonasida davolanishni davom ettirayapmiz, uchinchi bosqich muolajalarini olib bo‘ldik, – deydi Saparboy Eshboyev.

Shu paytgacha yashagan umrim bir bo‘ldiyu, o‘tgan mana shu 6 oylik umrim bir bo‘ldi. Go‘dakning ko‘zlariga mung tushsa yomon bo‘larkan. Har safar ahvoli og‘irlashsa titrab-qaqshab ketaman. Faqat mening o‘g‘limga emas, barcha bolajonlarga ham shifo bersin ilohim, – so‘zlarini tugatdi ota.

Abdusalom Begimbayevga oid ma'lumotlar:

Uzcard (Click, Payme): 8600 0423 5410 7103 (Agrobank, Qutligul Gapparova nomida)

Visa: 4187 8000 0055 7843 (Saparboy Eshboyev nomida)

Sberbank: 5469 5000 1788 5098 (Mahmud Jumekov nomida)

Telefon: +998994515269

* * *

Uch yoshida dard bilan olishayotgan Jasurbek

– Andijonning Xonobodidan kelganmiz. Endigina uch yoshga kirgan o‘g‘lim Jasurbek mana shu og‘ir dardga chalinib qoldi. 2020 yilning iyul oyidan beri davolanayapmiz. Ishonsangiz zarur dorilarni yetkazish uchun sotishga arzigulik hech narsamiz qolmadi, – deydi bolakayning onasi Inobat Qahhorova.

Bolaginam sog‘ayib ketishiga ishonaman, usiz hayotimni umuman tasavvur qila olmayman, iltimos, bizga yordam bering, – yig‘laydi onaizor.

Jasurbek Abdullajonovga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0609 7211 1158 (Xalq banki, otasi Muhammadjon Qahhorov nomida nomida)

8600 0417 3669 3731 (Agrobank, Shavkatjon Jo‘raboyev nomida)

Visa: 4231 2000 0086 6532 (Qahhorov Ahmadjon nomida)

Sberbank: 4276 3500 1894 4072 (Murodulla Ahmedov nomida)

Telefon raqami: +998932557953

* * *

Izzatilla 1 yildan buyon bemor

So‘nggi bemor bolajon Izzatilla Muhsinaliyev 5 yoshda. Chustlik Izzatilla bir yildan buyon leykoz kasalligining og‘ir turi bilan olishib yashayapti. O‘tgan qisqa vaqt ichida ota-onaning jamiki topganlari sarflab tugatilgan, qarzdorlik esa oshib bormoqda.

– O‘tgan bir yil ichida har jihatdan holdan toydik. Shifokorlar harakat qilishayapti, o‘g‘limning o‘zi ham har ko‘zga umid bilan tikiladi. Hech kimning boshiga bunday kunlar tushmasin, hech bir insonning bolasi kasal bo‘lmasin. Iltimos, bizga yordam bering, qiyin ahvolga tushib qoldik, – deya yig‘laydi ona Nodira Tursunova.

Izzatilla Muhsinaliyevga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600041732066064 (Agrobank, Sherzod Tursunov nomida)

Sberbank: 5336 6901 9860 2643 (A'zam Vohidjonov nomida)

Telefon raqami: +998 94 1505655

To‘rt insonga qilingan xayriya savobi ham to‘rt karra ko‘proq bo‘ladi. Sizni duo qiluvchilar soni kamida to‘rt oila a'zolari sonicha ko‘payadi, bu ezgu harakatingiz natijasida to‘rt kishi sog‘ayib ketishi mumkin. Alloh dargohida qabul qilsin!

Abror Zohidov.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top