09:17 / 09.11.2020
18449

Pashinyan Bayden Qorabog‘dagi urushni to‘xtatishda yordam berishiga umid bildirdi

Foto: Armaniston respublikasi bosh vazirining veb-sayti

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Jo Baydenga AQSh prezident saylovlaridagi g‘alabasi munosabati bilan tabriknoma yo‘lladi. Pashinyan tabriknomada Bayden Tog‘li Qorabog‘dagi ixtilofni hal qilishda faol ishtirok etishiga umid bildirdi.

“Prezident lavozimiga nomzod bo‘lganingizda ixtilofni faqat tinch yo‘l bilan hal qilish kerakligi borasida bildirgan fikrlaringizni qo‘llab-quvvatlayman. Umid qilaman, sizning ma'muriyat urushni to‘xtatish va ixtilofni Arsax (Tog‘li Qorabog‘) xalqi xavfsizligini ta'minlaydigan kafolatlar asosida hal qilishga erishishda faol qadamlar amalga oshiradi”, – deb aytilgan Pashinyan tabriknomasida.   

Shuningdek, Armaniston Bosh vaziri Ozarboyjon va Turkiyani jangovar to‘qnashuvlarda yollanma jangarilardan foydalanishda yana bir bor ayblagan. 

AQSh prezidenti saylovlariga hali rasman yakun yasalmagan bo‘lsa-da, AQShning bir qator yetakchi ommaviy axborot vositalari saylovlarda Jo Bayden g‘alaba qozonganini e'lon qildi. Bayden saylov kampaniyasi davomida Vashington Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi ixtilofga Turkiyaning aralashishiga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini aytgan.

Mavzuga oid
Top