21:11 / 10.11.2020
3595
Buyuk Britaniya Minskka javoban ikki diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi

Avvalroq Belarus britaniyalik diplomatlar – harbiy attashe Timoti Uayt Boykott va elchi o‘rinbosari Liza Tamvudni persona non grata deb e'lon qilgandi.

Foto: DPA/TASS

Buyuk Britaniya hukumati Minskning harakatiga javob sifatida Belarusning ikki nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Dominik Raab ma'lum qildi.

“Bugun britaniyalik diplomatlarning asossiz chiqarib yuborilishiga javoban ikki nafar Belarus diplomatini mamlakatdan chiqarib yubordik”, - deb yozdi u tvitter sahifasida.

Avvalroq Belarus britaniyalik diplomatlar – harbiy attashe Timoti Uayt Boykott va elchi o‘rinbosari Liza Tamvudni persona non grata deb e'lon qilgandi.

 Xabar qilinishicha, “bu shaxslar Belarusdagi ichki siyosiy vaziyat va noroziliklar to‘g‘risida ma'lumot to‘plashgan”.

 “Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, diplomatlar joriy yilning may oyidan buyon muxolifat va jamoat, huquqni himoya qilish tashkilotlari hamda nohukumat tuzilmalar vakillari bilan ko‘p marta uchrashishgan. Harbiy attashe bu maqsadda regionlarga bir necha marta kelgan”, – deyiladi ONT kanali xabarida.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Top