08:30 / 10.11.2020
6432
Reklama

“Olmazor Business City” turar joy majmuasi: avtoturargoh joylari qurilish jarayonida

“Bizning Uylar Development” "Olmazor Business City" yirik turar joy majmuasi qurilish jarayonidagi yangiliklar bilan bo‘lishishda davom etadi.

Hozirgi kunda, har bir oilada bitta yoki bir nechta avtomobil mavjud bo‘lishi odatiy hol, shu sabab turar joy majmuasida avtoturargoh joylari xaridor tanloviga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biriga aylanadi. Yer osti avtoturargohidagi joy, avtomobilning xavfsizligini va tashqi ta'sirlardan, yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday zararlardan himoyalanib turishini kafolatlaydi. Bundan tashqari, avtoturargoh zonasining puxta yechimlari hovlilardagi tirbandlik va tartibsizlikni bartaraf etadi. 

“Olmazor Business City”da majmua aholisi va mehmonlari uchun ikkita xil turdagi avtoturargoh joyi − yer usti va ko‘p funksional yer osti avtoturargoh joylari mavjud. Ayni paytda quruvchilar tomonidan ushbu joylarda faol qurilish ishlari boshlandi. Katta va ko‘p bosqichli jarayon 3 metrlik chuqurni zichlashni o‘z ichiga oladi, uning pastki qismiga temir armatura yotqizilib, beton quyiladi. Qatlam to‘ldirilgandan so‘ng, ustiga suv o‘tkazmaydigan material yotqiziladi. Tomni yopish uchun maxsus amortizatsiya yostiq ustunlar o‘rnatiladi. Tom 30 santimetr qalinlikdagi monolit beton bilan qoplanadi, shuningdek tomning butun yuzasi suv o‘tkazmaydigan material bilan qoplanadi.

Qurilish jarayoni shovqin, infratovush, tebranish, yer osti joylarining gaz bilan ifloslanishi va yong‘in xavfsizligi talablari hamda gigiyenik me'yorlarga muvofiq amalga oshiriladi. Yer osti avtoturargohning zaruriy sharti chiqindi gazlaridan yuqori texnologiyali va puxta o‘ylangan shamollatish tizimi hisoblanadi. Joy va atrofi yong‘indan himoya qilish hamda 24 soatlik videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan.

Yer osti avtoturargohining qo‘shimcha afzalligi − bu qulay sharoit va harorat hamda Shanghai MITSUBISHI Elevator Co., LTD kompaniyasining zamonaviy va shovqinsiz lift tizimlari yordamida yer osti maydonidan to‘g‘ri kerakli qavatga ko‘tarilish imkoniyatidir.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 5-A.

Mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlaridan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Instagram: @bizninguylar 

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Top