11:13 / 10.11.2020
27043
Samarqand viloyati prokurori o‘zgardi

Samarqand viloyatiga yangi prokuror tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Ravshan Rajabboyevich Masharipov Samarqand viloyati prokurori lavozimida ish boshlagan.

Ravshan Masharipov bunga qadar Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar adliya katta maslahatchisi Farhod Zufarov Samarqand viloyati prokurori sifatida ishlab kelayotgandi

Top