23:04 / 10.11.2020
12192

Tramp AQShdagi saylovlar natijalari uchun kurashda ilgarilash borligini ma'lum qildi 

AQShdagi prezident saylovlari natijalarini tan olishni istamayotgan amaldagi prezident Donald Tramp saylovchilar ovozlari uchun kurashda “katta oldinlash” borligini aytdi va bu boradagi yangiliklarni keyingi hafta ma'lum qilishga va'da berdi.

Foto: Tom Brenner - RC2YVF9GPFIW / Reuters

“Bizda katta oldinlash bor. Natijalarni keyingi haftadan olish boshlanadi. Amerikani yana buyuk qilamiz”, – deb yozgan Tramp tvitterda.

Tramp yana bir xabarida “Biz g‘alaba qozonamiz”, deb qo‘shimcha qilgan.

AQShda saylovlar natijalariga hali rasman yakun yasalmagan bo‘lsa-da, mamlakatning bir qator yetakchi OAVlari ularda Jo Bayden g‘alaba qozonganini e'lon qildi. 

The Washington Post nashri ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh Respublikachilar partiyasi rahbariyati ham saylovlar natijalarini qayta ko‘rib chiqish uchun Tramp shtabi olib borayotgan kurashga qo‘shildi. Avvalroq bu borada partiya ichida nifoq borligi ma'lum qilingandi. AQSh kongressi vakillar palatasida ko‘pchilik yetakchisi, respublikachi Mitch Makkonel va partiyaning qolgan vakillari Tramp saylov shtabini Baydenning g‘alabasi bo‘yicha yuridik bahslashuvda qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishgan.

Politico nashri va Morning Consult firmasi o‘tkazgan so‘rovnomalarga ko‘ra, o‘zini AQShda respublikachi saylovchi deb hisoblovchilarning 70 foizi Baydenning halol g‘alaba qozonganiga ishonmayapti va natijalar soxtalashtirilgan deb hisoblayapti.

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top