16:30 / 11.11.2020
4446
220volt.uz o‘z saytini to‘liq yangilab, unga yangi funksiyalarni kiritdi

220volt.uz o‘z saytini to‘liq yangilab, unga yangi funksiyalarni kiritdi. Quyida nima uchun bundan xaridorlar yutishlari va sizni yaqin kunlarda qanday syurprizlar kutayotgani haqida o‘qishingiz mumkin.

Nimalar saqlanib qoldi:

  • Elektr uskunalar, yirik va kichik maishiy texnika, iqlim, yoritish texnikasi, kabel mahsulotlari, elektr va elektronika hamda boshqa tovarlarning keng assortimenti;
  • Kun davomida Toshkent bo‘ylab texnika va qurilmalarni bepul hamda tezkorlik bilan yetkazib berish. Buyurtma narxining ahamiyati yo‘q! Kompaniya hatto birgina batareyani ham poytaxtning istalgan nuqtasiga yetkazib beradi;
  • O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berishning qulay shartlari;
  • Yetkazib berilganidan so‘ng pul to‘lash va barcha tovarlar uchun kafolat;
  • Korporativ mijozlar uchun hamkorlikning moslashuvchan shartlari.

Nimalar o‘zgardi:

  • Barcha bo‘lim va tovarlar bo‘yicha qulay panel paydo bo‘ldi;
  • Mahsulotni muayyan belgilangan narxlar diapazoni, shuningdek, ishlab chiqaruvchi hamda chegirmaning mavjudligi bo‘yicha saralash imkoniyati qo‘shildi;
  • Buyurtma vaqtida eng qulay taklifni tanlay olishingiz uchun aksiyali maxsus bo‘lim ishga tushirildi;
  • Keshbek joriy etish – yaqin kunlarda amalga oshiriladigan rejalarimizdan biri. Buyurtmalaringiz qiymatining bir qismi 220volt.uz internet do‘konidagi shaxsiy hisob raqamingizga o‘tkaziladi. Yangi xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirishda ushbu mablag‘dan foydalaning va kelasi safar kamroq to‘lang!

Oyning foydali takliflari

  1. Maishiy texnika bo‘limi uchun sovg‘alar. Yangilangan sayt ishga tushirilgani munosabati bilan g‘aroyib taklif – Toshkent va O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati bilan yirik va kichik maishiy texnika xarid qiling va har bir xarid uchun sovg‘aga ega bo‘ling! Unutmang, istalgan buyurtmani poytaxt bo‘ylab yetkazib berish bir kun ichida bepul amalga oshiriladi.
  2. Elektr uskunalar bo‘limi uchun sovg‘alar. 220volt.uz bir necha yil avval o‘z faoliyatini elektr uskunalar va elektr qurilmalarning onlayn savdosidan boshlagan edi. Bu bozordagi ilk muvaffaqiyatli qadam bo‘lgan. Shuning uchun O‘zbekistonda yetkazib berish xizmati bilan elektr uskunalar xarid qilishni istagan barchaga sovg‘alar ulashamiz!

Texnik ko‘mak ko‘rsatish xizmati xodimlari tovarni tanlash borasida doimo yordam berishadi, funksionalligi bo‘yicha maslahat berib, buyurtmani rasmiylashtirish haqidagi savollarga javob qaytarishadi. Korporativ mijozlar xizmat ko‘rsatishning tezkorligi, hamkorlikning moslashuvchan shartlari, tezkor yetkazib berish va mahsulot kafolatini qadrlashadi. Biz uchun har bir mijozning rozi bo‘lishi muhim.

Saytning yangi UX/UI dizayni va yangi funksiyalarni tatbiq etish bo‘yicha barcha ishlarni kompaniyaning shaxsiy IT bo‘limi yetakchi veb studiyalardan biri bilan hamkorlikda amalga oshirdi. Biz har qanday texnik o‘zgarishlar mijozlarga qulaylik keltirishi kerakligiga ishonamiz. Onlayn xarid sizga o‘zingizga keraklisini tanlash, vaqtni tejashda yordamga kelishi va yoqimli sovg‘alar berishini istaymiz.

220volt.uz internet do‘koniga tashrif buyuring va o‘z taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing!

Reklama huquqi asosida

Top