19:57 / 11.11.2020
6174
Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi urush tugaganligini e'lon qildi

Aliyev Boku Ozarboyjon nazorati ostiga o‘tgan hududlarga yetkazilgan zararni baholash uchun xalqaro ekspertlarni jalb qilishi va xalqaro sud orqali kompensatsiya talab qilishini aytdi.

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvi chog‘ida Tog‘li Qorabog‘dagi urush nihoyasiga yetganligini e'lon qildi, deb xabar berdi Ozarboyjon davlat televideniyesi.

"Vatan urushi tugadi", - dedi u jarohatlangan harbiylar davolanayotgan hospitalga tashrifi vaqtida.

Aliyev Boku Ozarboyjon nazorati ostiga o‘tgan hududlarga yetkazilgan zararni baholash uchun xalqaro ekspertlarni jalb qilishi va xalqaro sud orqali kompensatsiya talab qilishini aytdi.

U Armaniston kompensatsiya to‘lashini ta'kidladi.

"Ozod qilingan hududlarda 99 foiz inshootlar – uylar, maktablar, kasalxonalar, jamoatchilik binolari, tarixiy yodgorliklar, ajdodlarimiz qabrlari va masjidlar vayron qilingan", - dedi Aliyev.

Mavzu
Ozarboyjon-Armaniston mojarosi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Top