21:53 / 11.11.2020
9957
Koronavirusning eng aniq 3D-modeli ishlab chiqildi

Saudiyalik olimlar koronavirusning atomlar darajasidagi tuzilishini namoyish qilishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Foto: discovery.kaust.edu.sa

Podshoh Abdulloh nomidagi fan va texnologiyalar universiteti mutaxassislari koronavirusning eng aniq 3D-modelini ishlab chiqishdi.

Ta'kidlanishicha, ushbu model koronavirusning atom darajasidagi tuzilishini namoyish qiladi va avval unda ilg‘ab bo‘lmagan detallarni o‘z ichiga olgan. Modelni yaratish uchun virusning mikroskop yordamida olingan suratlari va oqsillar ma'lumotlar bazasidan foydalanilgan. 

“Biz yaratgan model shunchaki lipid membranada ixtiyoriy ravishda joylashtirilgan oqsil tojlarni emas, balki virusning to‘liq tuzilishini namoyish qiladi”, deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri Ngan Nguyen.

Mutaxassislar virus sirtidagi oqsil tojlari va retseptorlarni, uning ichidagi genetik materialni aks ettirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Olimlar yaratilgan model koronavirus infeksiyasini batafsilroq o‘rganishga va unga qarshi dori vositalari ishlab chiqilishini tezlashtirishga imkon berishiga umid bildirishgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top