17:30 / 11.11.2020
6679
Neft narxi keskin ko‘tarildi

 Neft bozoridagi ijobiy o‘sishga koronavirusga qarshi vaksina sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgani to‘g‘risidagi xabar sabab bo‘ldi.

Foto: TASS

Brent navli neftning bir barreli narxi sentyabrdan beri birinchi marta 45 dollardan yuqori bo‘ldi.

Neft bozoridagi ijobiy o‘sishga koronavirusga qarshi vaksina sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgani to‘g‘risidagi xabar sabab bo‘ldi. Avvalroq Pfizer va BioNTech kompaniyalari ishlab chiqqan vaksinaning samaradorligi 90 foizni tashkil etgani xabar qilingandi.

Ommaviy vaksinatsiya rivojlangan davlatlardagi cheklov choralarini bekor qilish imkonini beradi. Bu esa neftga bo‘lgan talab oshishiga olib keladi.

Qayd etish joiz, aynan vaksina muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng texnologiya kompaniyalarining aksiyalari narxlari tushib ketgandi.

Top