19:00 / 11.11.2020
51640
O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi respublikaning bir qator viloyatlarida 13–16 noyabr kunlari yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 13 va 16 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 noyabrda ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 15 noyabrda ba'zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 13 noyabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 14 noyabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 15 noyabrda kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 16 noyabrda kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 noyabrda ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 13-14 noyabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi, 15-16 noyabrda kechasi 2-7 darajagacha, cho‘l hududlarda 8-11 darajagacha, kunduzi 0-5 darajagacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 13-14 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15-16 noyabrda ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 13 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 14 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 1-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliq, 15 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 1-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliq, 16 noyabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 noyabrda ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13 noyabrda 3-8 daraja iliq, 14-16 noyabrda 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 1-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 13-14 noyabrda 8-13 daraja iliq, 15 noyabrda 3-8 daraja iliq, 16 noyabrda 1-6 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 13 noyabrda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 14 va 16 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15 noyabrda ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13 noyabrda 3-8 daraja iliq, 14-16 noyabrda 0-5 daraja iliq, kunduzi 13 noyabrda 10-15 daraja iliq bo‘ladi, 14-16 noyabrda 1-6 daraja iliqqacha pasayadi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 13-14 noyabrda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 15 noyabrda ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, 16 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 13-14 noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 15 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 16 noyabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 13 noyabrda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi, 14-16 noyabrda kechasi 6-11 darajagacha, kunduzi 0-5 darajagacha pasayadi.

Top