2020 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 24,8 mln kishini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 6,9 foizga yoki 1,5 mln.ga o‘sgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlarida aytilishicha, aholi bo‘yicha ko‘rsatkich 23,3 mln abonentni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 foizga yoki 852,2 ming abonent soniga oshgan.
Mobil aloqa tizimiga ulangan eng ko‘p abonentlarga ega bo‘lgan hududlar:
- Toshkent shahri – 4,8 mln. abonent;
- Farg‘ona viloyati – 2,8 mln. abonent;
- Samarqand viloyati – 2,3 mln. abonent;
- Andijon viloyati – 2,1 mln. abonent.