18:07 / 11.11.2020
10690

Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet 12−13 noyabrda Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi va tuman tushishi haqida xabar berdi.

Foto: O‘zgidromet

O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi Qamchiq dovonida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilishini ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, 12–13 noyabrda A-373 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda.

Shuningdek, dovonda tuman tushib, ko‘rish darajasi 50-100 metrgacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 18–22 metrgacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, muzlamalar hosil bo‘lishi mumkinligi ta'kidlangan.

Mavzuga oid
Top