07:10 / 11.11.2020
11163
Si Tszinpin ShHT majlisida koronavirus vaksinasi haqida gapirdi

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi majlisida Xitoyning koronavirus vaksinasi yetkazib berish imkoniyatlari haqida gapirdi.

Foto: Xinhua

«Insoniyat koronavirus ustidan g‘alaba qozonishi uchun vaksina juda muhim. Xitoy vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro mexanizmga qo‘shilgan va bu borada ShHTga a'zo mamlakatlarning so‘rovlarini ko‘rib chiqishga tayyor. Biz hamkorlarimizga o‘z fuqarolarining salomatligini ta'minlash borasida yordam berishdan xursand bo‘lamiz.

Pandemiyaga qarshi kurashda JSSTning roli muhimligini unutmagan holda mintaqadagi sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik olib borish, bir-birimizni qo‘llash muhim. Pandemiyani siyosiylashtirishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Koronavirusga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik muhim. Shu sabab Xitoy ma'lumot almashish va monitoring bo‘yicha ShHTga a'zo davlatlar o‘rtasida «qaynoq liniya» tashkil etishni taklif qiladi», – dedi XXR raisi.

Ma'lumot uchun, Toshkentga Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina sinov uchun olib kelingan. Hozircha sinovda 5 ming kishi qatnashishi kutilmoqda. Oldinroq Braziliyada Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina sinovi vaqtida bir kishi halok bo‘lgach, sinov yakunlangandi. Keyinchalik Xitoy tomoni bu o‘limning vaksinaga aloqasi yo‘qligini ma'lum qildi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top