20:37 / 11.11.2020
46160
Sinf rahbarligi uchun to‘lovlarning oshirilgan miqdorlari ma'lum bo‘ldi

Prezident farmoniga asosan, 1 noyabrdan boshlab maktablarda sinf rahbarlari uchun qo‘shimcha to‘lovlar miqdori oshirildi.

Xalq ta'limi vazirligi axborotiga ko‘ra, sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (679 330 so‘m)ga nisbatan quyidagi foizlar hisobida amalga oshiriladi:

  • 15 nafargacha o‘quvchi – 26,4 foiz (179 343 so‘m);
  • 16 nafardan 20 nafargacha o‘quvchi – 31,6 foiz (214 668 so‘m);
  • 21 nafardan 25 nafargacha o‘quvchi – 36,9 foiz (250 673 so‘m);
  • 26 nafardan 30 nafargacha o‘quvchi – 42,1 foiz (285 998 so‘m);
  • 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda – 52,8 foiz (358 686 so‘m) tashkil etadi.

Ushbu to‘lovlar barcha turdagi umumta'lim muassasalariga, jumladan barcha turdagi internat-maktablariga taalluqli.

Top