08:03 / 12.11.2020
6468
«Afrosiyob» poyezdining reysi yana bittaga ko‘paydi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilarning zamonaviy poyezdlarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish maqsadida, Toshkent – Samarqand – Toshkent yo‘nalishida harakatini amalga oshirayotgan 764/763-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdining reysi yana bittaga ko‘paytirilmoqda. 

Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirgi kunga qadar haftada 2 marotaba (shanba va yakshanba kunlari) harakatini amalga oshirayotgan mazkur zamonaviy poyezd, 2020 yil 13 noyabrdan boshlab haftada 3 marotaba (juma, shanba va yakshanba kunlari) yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qiladi.  

Shuningdek, mazkur poyezdning ushbu sanadan boshlab Jizzax vokzalida ham to‘xtab o‘tishi yo‘lga qo‘yiladi. 

Top