09:12 / 12.11.2020
7630
AQShda rekord sonda kunlik kasallanish holatlari qayd etildi

AQShda oxirgi sutkada koronavirusga chalinish holatlari soni pandemiya boshidan beri birinchi marta 140 mingdan oshdi va 145 ming 835tani tashkil qildi.  

Foto: rbc.ru

The Washington Post nashrining xabar berishicha, AQShda bir hafta ichida kunlik kasallanish holatlari soni 104 mingdan 145 minggacha oshgan. Mamlakatda 9 kundan beri kasallanish holatlari 100 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.  

AQShda oxirgi sutkada infeksiyadan vafot etganlar soni 1549 kishini tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich mamlakat uchun may oyi o‘rtalaridan beri eng yuqori hisoblanadi. 

Texas AQShda kasallanish holatlari soni 1 mlndan oshgan birinchi shtat bo‘ldi. 

Ayni vaqtda mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari soni 10,7 mlndan, infeksiyadan vafot etganlar soni 247 mingdan oshdi. Mamlakat kasallanish va o‘lim holatlari soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallamoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoda jami kasallanish holatlari soni 52 mlndan oshdi. Vafot etganlar soni 1,289 mlndan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, 36 mlndan ko‘proq kishi koronavirusdan sog‘ayib ketgan.

Top