19:46 / 12.11.2020
2683
AQShda tibbiy niqob koronavirusdan himoyalanishda samarali ekani tasdiqlandi

AQSh Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi niqob taqish koronavirus yuqtirib olish xavfini sezilarli kamaytirishini tasdiqladi.

Foto: DPA

Pandemiya boshlanganidan buyon ayniqsa Amerikada niqob taqish mavzusida fikrlar xilma-xilligi kuzatildi: ko‘plab amerikaliklar niqobni faqat o‘zidagi infeksiyani boshqalarga yuqtirmaslik uchun taqish kerak, deb hisoblashadi.

Ammo AQSh Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (CDC) xulosasiga ko‘ra, niqob taqish kovid tarqalishini «ikki tarafdan» sekinlashtiradi: tibbiy niqob – nafaqat kishidagi infeksiyaning boshqalarga o‘tishi ehtimolini kamaytiradi, balki uni taqqan odamni koronavirusga chalinishdan ham himoyalaydi.

CDC o‘tkazgan yangi tadqiqotning ko‘rsatishicha, bir necha qavat matodan tayyorlangan niqoblar ayniqsa samaralidir.

Tadqiqotda bir necha qavatli matodan iborat niqob inson tarqatadigan respirator tomchilarni 50–70 foizga kamaytirishi aniqlangan. Shu bilan birga, bunday niqoblar tashqi muhitdagi havo tomchilarining 50 foizini tutib qolishi, N-95 niqoblarida esa bu ko‘rsatkich 95 foizgacha yetishi qayd etilgan.

Markaz xulosasiga ko‘ra, pandemiyaga qarshi kurashda universal qoidalar umumlashmasi yaxshi foyda beradi. Ya'ni ham ijtimoiy masofa saqlash, ham niqob taqish, binolarning ventilyatsiyasiga e'tibor berish va qo‘lni tez-tez sovunlab yuvish kabilarning barchasiga birdek rioya etilishi infeksiya tarqalishini sekinlashtiradi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top