09:18 / 12.11.2020
9200

Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish bo‘yicha qaysi hudud yetakchi?

Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish hajmida Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yil yanvar-sentabr oylarida transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi tashish tarkibida avtomobil transporti yetakchilik qilmoqda. Uning jami yo‘lovchi tashish hajmidagi ulushi – 99,3 foizni tashkil etmoqda.
 
Avtomobil transportida tashilgan yo‘lovchilar umumiy hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar:

  • Toshkent shahri – 19,0 foiz;
  • Andijon viloyati – 12,5 foiz;
  • Toshkent viloyati – 11,4 foiz;
  • Farg‘ona viloyati – 11,4 foiz.
Mavzuga oid
Top