08:30 / 12.11.2020
4525
Huvaydo – zamonaviylik va milliylik uyg‘unligi mujassam maskan

Yangi xonadon tanlayotganda uning zamonaviyligi va qulayligiga alohida e'tibor qaratiladi. Huvaydo turar joy majmuasini taklif etamiz. Bu maskanda siz va oilangiz uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Sizda foydali taklif va qulay shartlar bilan birga, ta'mirlangan, zamonaviy xonadon egasi bo‘lish imkoniyati bor. Xonadonlarni qulay va foydali shartlar bilan xarid qilishingiz mumkin. Har bir yangi xonadonga yerosti avtoturargohidan joy sovg‘a qilinadi!

Bu yerda siz muhtasham va betakror uyda yashaysiz. Turar joy majmuasida umumiy oltita uy bunyod etilgan bo‘lib, ulardan beshtasi olti qavatli. Maskan markazida bunyod etilgan Huvaydo Tower esa yetti qavatdan iborat. Mazkur bino majmuaning ko‘rki bo‘lib, sizni ichkarida oddiy yo‘lak o‘rniga 31 metrli ulkan, mahobatli atrium qarshi oladi. 640 kvadrat metrga ega yetti qavatli, aylana ichki intererda o‘zgacha fazoviy muhit hukmron. Shovqinsiz, oynavand «Kone» liftlari esa sizda go‘yo mehmonxonada yashayotgandek hissiyot uyg‘otadi.

Huvaydo turar joy majmuasi to‘liq qurib bitkazilgan. Xonadonlar va ularning kadastr hujjatlari ham tayyor. Sizni 133 m² gacha maydonga ega, tayyor, yorug‘ va keng xonadonlar kutmoqda.

Barcha xonadonlar sifatli ta'mirlangan. Unda santexnika va oshxona mebellari o‘rnatilgan. Panorama derazalardan esa uyingizga tabiiy yorug‘lik tushadi. Xonadonlarni loyihalashda noodatiy yechimlardan foydalanilgan bo‘lib, unda zamonaviy uslub sezilib turadi.

Mazkur maskan bir vaqtning o‘zida an'anaviy qadriyatlarni hamda so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni o‘zida aks ettiradi. Turar joy majmuasi quyidagi tavsiflarga ega:

  • Umumiy maydon 20634 m²;
  • Turar joy uylari joylashgan maydon 3997 m²;
  • Ko‘kalamzor hudud 6900 m²;
  • Avtoturargoh joylari soni 173 ta;
  • Sport va bolalar maydonchasi;
  • Favvora;
  • Tunu kun qo‘riqlash xizmati.

Xalqimizda “uy olma, qo‘shni ol” degan hikmatli gap bor. Siz ham ajoyib qo‘shnilarga ega mahalladan xonadon egasi bo‘lish imkoniyatini boy bermang. Huvaydo turar joy majmuasi poytaxtimizning tarixiy mahallalaridan birida joylashgan. Uning yaqinida zamonaviy maktab, bolalar bog‘chasi, ikkita masjid, oziq-ovqat va kiyim do‘konlari, qahvaxona, restoranlar hamda turli xizmat ko‘rsatish maskanlari joylashgan. «Beruniy» metro bekatigacha piyoda 10 daqiqalik yo‘l.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: +99895 194-00-40

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 60-65 uylar.

Telegram: t.me/huvaydoresidence

Facebook: fb.com/huvaydoresidence

Instagram: @huvaydo_residence

Sayt: huvaydo-residence.uz

Reklama huquqi asosida

Top