FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 2020 yil 12 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:25da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 41,06 gradus shimoliy kenglik; 73,61 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,8. Chuqurlik 6 km.
Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 368 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:
- Namangan: 163 km, 2 ball;
- Andijon: 111 km, 3 ball;
- Farg‘ona: 171 km, 2 ball.