13:38 / 12.11.2020
59065

Surxondaryo viloyatida prokuror YTH qurboni bo‘ldi, viloyat prokurori o‘rinbosari shifoxonaga yotqizilgan

Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori B.Ergashev teplovoz ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi, viloyat prokurori o‘rinbosari X.Kulliyev tan jarohati olgan.

«07.11.2020 yil soat 21:30 larda Surxondaryo viloyati prokuraturasi haydovchisi O‘.Kattayev «Lacetti» rusumli 75 704 ZDF davlat raqamli xizmat avtomashinasida Termiz tumanidan Termiz shahri tomonga harakatlanib kelib, Termiz tumani hududidan o‘tuvchi 4K 599 «Namuna-Uchqizil» avtomobil yo‘lining 3-kilometrida «Termiz-Uchqizil» temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 57-km. 9-piketida joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtida, ehtiyotsizlik oqibatida «Termiz-Uchqizil» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan rezerv teplovoz bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Baxsiz hodisa oqibatida, O‘.Kattayev hamda avtomashina old o‘rindig‘ida bo‘lgan viloyat prokuraturasi bo‘lim katta prokurori B.Ergashev hodisa joyida vafot etishgan», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda.   

Shuningdek, avtomashina orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan viloyat prokurorining o‘rinbosari X.Kulliyev tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

8 noyabr kuni Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top