15:19 / 13.11.2020
1523
9 oyda 44 mingta turar joy foydalanishga topshirildi - Statqo‘m  

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida respublika bo‘yicha jami 44,4 mingta yoki 8398,8 ming kvadrat metr turar joy foydalanishga topshirildi.

Turar joylarning asosiy qismi, ya'ni 95,4 foizini uy xo‘jaliklari tomonidan yakka tartibda qurib foydalanishga topshirilgan uy-joylar tashkil etdi.

Namunaviy loyihalar asosida qurilib, foydalanishga topshirilgan turar joylar ulushi 3,2 foizni, qolgan 1,4 foiz turar joylar boshqa yuridik shaxslar tomonidan qurilgan.

Jismoniy shaxslar tomonidan bunyod etilgan turar joylarning 70,7 foizi hamda namunaviy loyihalar asosida qurib foydalanishga topshirilgan turar joylarning 76,9 foizi qishloq joylarda qurilgan.

Top