22:50 / 13.11.2020
3329
Afg‘onistonda toliblarning harbiy bazaga hujumi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi

Toliblar harbiy bazani bir necha soat egallab turishgan, ammo xavfsizlik kuchlari uni o‘z nazoratlari ostiga qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Anadolu Agency

Afg‘onistonning Qunduz viloyatida toliblarning harbiy bazaga hujum qilishi oqibatida 14 nafar harbiy yaralandi, yana 12 nafari jarohatlandi. Bu haqda TOLO News xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, halok bo‘lganlarning 12 nafari xavfsizlik kuchlari xodimi bo‘lib, ikki nafari politsiyachi. O‘z navbatida kamida o‘n nafar tolib o‘ldirilgani aytilmoqda.

Toliblar harbiy bazani bir necha soat egallab turishgan, ammo xavfsizlik kuchlari uni o‘z nazoratlari ostiga qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Noyabrda Kobuldagi universitetga qilingan hujum oqibatida 20ga yaqin kishi halok bo‘lgandi.

 

Top