23:29 / 13.11.2020
7661
Aksilkorrupsiya agentligiga qaysi masalalarda eng ko‘p murojaat tushayotgani ma'lum bo‘ldi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning aksari – sud-huquq sohasidagi muammolar va mahalliy hokimliklar mansabdorlari ustidan shikoyatlardir.

Illyustrativ foto

Agentlik vakilining Kun.uz'ga taqdim etgan oktyabr oyi hisobotiga ko‘ra, oktyabr oyida idoraga fuqarolardan jami 275 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarda eng ko‘p ko‘tarilgan masalalar quyidagilar bo‘lgan:

  • sud qarorlaridan noroziliklar – 20,4 foiz;
  • mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar – 7,6 foiz;
  • yer maydoni ajratilmayotgani, yer nizolari va yer maydonlari talon-taroj bo‘layotgani bo‘yicha – 6,2 foiz;
  • firibgarlik jinoyatlari yuzasidan – 5,5 foiz;
  • prokuratura qarorlaridan noroziliklar va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal bo‘lmayotgani bo‘yicha – 5,1 foiz;
  • sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan – 5,1 foiz.

Avvalroq agentlik korrupsiya sabab chet davlatlarga chiqib ketgan aktivlarni qaytarish bo‘yicha Buyuk Britaniya amaliyotini o‘rganayotgani xabar qilingandi.

Top