09:15 / 13.11.2020
2143
Alfraganus – biznesingizning muvaffaqiyatli makoni

Alfraganus savdo- ko‘ngilochar yangi mavzesi an'anaviy xaridlar va dam olish tushunchalarini tubdan o‘zgartiradi.

Ochiq havoda joylashgan savdo-ko‘ngilochar mavzesining yangi shakli odatdagi ko‘p qavatli savdo markazlaridan tubdan farq qiladi. Endi siz kerakli qavatga ko‘tarilish uchun liftlarni kutib, eskalatorlarda olomon bilan tirbandlikda qolib, ko‘p qavatli avtoturargohdan bo‘sh joy qidirib yurmaysiz.

Alfraganus – bu nafaqat ochiq havodagi savdo mavzesi, balki ijtimoiy munosabatlarning o‘zgacha shakli aks etadigan yangi makon. Siz bu yerda oilangiz yoki do‘stlaringiz bilan vaqtingizni zavqli hamda foydali o‘tkazasiz. Rasmiy yoki do‘stona uchrashuv hamda tadbirlar tashkil qilishingiz, toza havoda sayr, sport bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Shu bilan birga kvest-xona, lazer-tag yoki bouling zalida mazmunli hordiq chiqarishingiz mumkin. Alfraganus ko‘ngilochar zonasi – eng yirik joylardan biri bo‘lib, bu yerda eng ajoyib biznes-g‘oyalarni amalga oshirishga imkoniyat mavjud.

Alfraganus'ga xaridlar uchun qilingan har bir tashrif sizda o‘zgacha taassurot qoldiradi. Savdo mavzesi hududiga qulay kirish va chiqish yo‘llari, puxta o‘ylangan keng avtoturargoh va poytaxt markazidagi qulay joylashuv, bularning barchasi maskanga tashrif buyuruvchilar sonining yuqori bo‘lishini ta'minlaydi. Mavzedagi belgilangan tematik zonalar butun hududni aylanib yurmasdan, kerakli obektlarga tezda kirishingizga imkon beradi. Mavzeda sizni ko‘plab kafe va restoranlar, barlar hamda qahvaxonalar, kiyim-kechak, poyabzal, parfyumeriya va kosmetika buyumlari, maishiy texnika do‘konlari, spa va go‘zallik salonlari, bolalar uchun do‘kon hamda o‘yin maydonchalari, dam olish va ko‘ngilochar maskanlari, kinoteatrlar va boshqa ko‘plab narsalar kutmoqda.

Alfraganus har qanday turdagi tijorat va biznes uchun cheksiz imkoniyatlarni taklif etadi. Bularning barchasi poytaxt markazida joylashgan keng ko‘lamli 118.000 kvadrat metr maydonda joylashgan. Unutilmas taassurotlarni his qilish uchun Alfraganus'ga tashrif buyuring!

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Sayt: bizninguylar.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Reklama huquqi asosida

Top