15:27 / 13.11.2020
3399
Andijon viloyati hokimi xitoylik investorlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida tashkil etilgan onlayn muloqotda qatnashdi.

Onlayn muloqotda xitoylik investorlarga Andijon viloyati haqida to‘laqonli ma'lumot berilib, O‘zbekiston iqtisodiyotida Andijonning ulushi 6,4 foizni tashkil etayotgani, viloyat yalpi xomashyo mahsulotlari hajmi bo‘yicha 6-o‘rinni egallab turgani, sanoat salohiyati esa respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 10,1 foiziga yetgani ta'kidlandi. Viloyatda sanoatning asosiy tarmoqlari sifatida avtomobilsozlik, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, charm poyabzal va boshqalar e'tirof etildi.

Shuningdek, viloyat hokimi onlayn muloqotda Andijon viloyatining joriy yil 9 oy yakunlari bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi bilan tovar aylanmasi 237,6 mln AQSh dollarini (eksport 42,6 mln dollar va import 195 mln dollar) tashkil etganiga alohida urg‘u berdi.

Ta'kidlash joizki, viloyat hokimligi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi hukumati orqali «Shanxe xalqaro agrosanoat xolding» kompaniyasi bilan hamkorlikda gilos yetishtirish, uni qayta ishlash va qadoqlash, «Tszyufan Xunsin» Pekin transport uskunalari kompaniyasi bilan esa logistika markazini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan umumiy qiymati 500 mln dollarlik loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borilgan edi.

Shuhratbek Abdurahmonov andijonliklar mazkur loyihalarni amalga oshirishga tayyor turganini va xitoylik investorlar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi.

Ushbu muzokaralar yakunida umumiy qiymati 500 mln dollarlik gilos mevasini yetishtirish va eksport qilishni ko‘zda tutuvchi yirik investitsion loyiha imzolandi.

Top