09:51 / 13.11.2020
3487
Elektrlashtirilgan temir yo‘llarning uzunligi bo‘yicha qaysi hudud yetakchi?
Foto: KUN.UZ

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvar holatiga jami temir yo‘llarning foydalaniladigan uzunligi 6 150,2 kilometrni tashkil etgan. Jami temir yo‘llarning umumfoydalaniladigan temir yo‘llar uzunligi 4 735,1 kilometrga teng.
 
Umumfoydalaniladigan temir yo‘llar uzunligida elektrlashtirilgan temir yo‘llarning ulushi 38,7 foizni tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 foiz punktga yuqori bo‘ldi.

Elektrlashtirilgan temir yo‘llarning umumiy uzunligi eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar:

Toshkent viloyati – 20,6 foiz;
Qashqadaryo viloyati – 17,5 foiz;
Samarqand viloyati – 13,4 foiz; 
Surxondaryo viloyati – 10,6 foiz.

Top