09:45 / 13.11.2020
15687
Koronavirusning eng faol tarqatuvchilari ma'lum qilindi  
Foto: portofranko

Koronavirusni boshdan o‘tkazib, himoya niqoblarini taqmay yuradiganlar infeksiyaning eng xavfli tarqatuvchilari hisoblanadi. Bu haqda rossiyalik pulmonolog Aleksandr Karabinenko ma'lum qildi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, kasallikdan sog‘ayib ketilgandan keyin ham virus yuqori nafas yo‘llarida qoladi va aynan shu sababli barcha odamlar niqob taqib yurishlari shart.

“Niqob taqmaydiganlar koronavirusning eng faol tarqatuvchilari hisoblanadi. Birinchi navbatda, bundaylar toifasiga bolalar, bir narsani uqtirish qiyin bo‘lgan yoshlar kiradi”, deb ta'kidlab o‘tgan Karabinenko.

Oktyabrda AQShdagi Prinston, Jon Hopkins va Kaliforniya universitetlari olimlari koronavirusning asosiy tarqatuvchilari bolalar va yoshlar hisoblanishini, ular hisobiga koronavirus yuqtirish holatlarining uchdan bir qismi to‘g‘ri kelishini ma'lum qilishgan. Olimlarning ta'kidlashicha, o‘z tengdoshidan virusni oson yuqtirib olish mumkin. Shu sababli bolalar va yoshlar orasida virus yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo‘ladi.      

Top