14:33 / 13.11.2020
27217

O‘zbekiston hududiga sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda 

Kecha respublika hududiga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq va nam antitsiklon kirib kelishi natijasida hududlarning katta qismida yomg‘ir, tog‘li hududlarda esa yomg‘ir, qor kuzatildi. Faqat O‘zbekistonning shimoli - g‘arbiy tumanlarida ob-havo yog‘ingarchiliklarsiz bo‘ldi.

Foto: KUN.UZ

 «O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun yomg‘ir faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, kechqurunga kelib Surxondaryo viloyatlarida saqlanib qoladi. Qolgan hududlarda esa yog‘ingarchiliklar kuzatilishi ehtimoldan yiroq. Havo harorati 6-11 daraja atrofida bo‘ladi, bu o‘rtacha me'yorlardan 5-7 darajaga past.

14-15 noyabr kunlari respublika hududiga Ural rayonlaridan sovuq havo kirishi kutilmoqda. 14 noyabrda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida, 15 noyabrda Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida qisqa muddatli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, qolgan hududlarda esa quruq ob-havo bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin.

Dam olish kunlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 1-3 daraja sovuq, shimoliy hududlarimizda esa 4-9 daraja sovuq bo‘ladi, kunduzi esa 6-11 daraja iliq bo‘ladi, bu o‘rtacha me'yorlardan 5-7 darajaga pastdir.

Mavzuga oid
Top