12:37 / 13.11.2020
4707
Qurilish ishlari hajmida qaysi hududning ulushi yuqori?

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 1 oktyabr holatiga respublika bo‘yicha 65,2 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 8,6 foizga teng.

Jami qurilish ishlari hajmida hududlarning ulushi:

  • Toshkent shahri – 20,5 foiz;
  • Toshkent viloyati – 7,1 foiz;
  • Samarqand viloyati – 6,5 foiz;
  • Buxoro viloyati – 6,2 foiz;
  • Farg‘ona viloyati – 5,9 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati – 5,7 foiz;
  • Surxondaryo viloyati – 5,2 foiz;
  • Namangan viloyati – 4,9 foiz;
  • Andijon viloyati – 4,8 foiz;
  • Navoiy viloyati – 4,8 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston – 4,5 foiz; 
  • Xorazm viloyati – 3,4 foiz;
  • Jizzax viloyati – 3,3 foiz;
  • Sirdaryo viloyati – 2,5 foiz.

Qurilish ishlari hajmi tarkibida:

  • kichik korxona va mikrofirmalar – 35,7 trln. so‘m
  • yirik tashkilotlar – 18,2 trln. so‘m
  • norasmiy sektor – 11,3 trln. so‘m
Top