16:20 / 13.11.2020
17469
Rossiya nega urib tushirilgan vertolyot uchun Ozarboyjon uzrini qabul qilgani ma'lum qilindi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ozarboyjon tomonidan urib tushirilgan Rossiya vertolyoti uchun so‘ralgan uzr nega rasmiy Moskva tomonidan tez fursatda qabul qilingani sababini izohladi.

Foto: AP

«Bu rostdan ham achinarli voqea, bizning ikki nafar harbiyimiz vafot etdi. Bu, albatta, bizning barcha harbiy boshliqlarimiz, Qurolli kuchlarda xizmat qilayotganlar va barcha fuqarolarimiz uchun og‘riqli holat», – degan Kreml vakili RT telekanaliga bergan intervyusida.

«Ozarboyjonliklar va mamlakat prezidentining tezkor reaksiyasi hamda Ozarboyjon tomoni vaziyatni xolis tergov qilish va aybdorlarni jazolashga tayyor ekanligini bildirishi ushbu uzrni qabul qilishimizga sabab bo‘ldi», – deya izoh bergan Peskov.

9 noyabr kuni Rossiya qurolli kuchlariga tegishli Mi-24 vertolyoti Armaniston-Ozarboyjon chegarasida ko‘chma zenit-raketa majmuasidan urib tushirilgan edi. Armaniston hududiga qulagan vertolyot ekipajining 2 a'zosi halok bo‘lgan, yana bir a'zosi yarador holda evakuatsiya qilingan.

Shundan so‘ng, Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berib, Armanistonda Rossiyaning Mi-24 jangovar vertolyoti Ozarboyjon tomonidan tasodifan urib tushirilganini ma'lum qilgan. Rasmiy Boku Rossiya tomonidan uzr so‘rab, vafot etgan harbiylar uchun kompensatsiya to‘lashga tayyorligini bildirgan edi.

Top