20:00 / 13.11.2020
31874
Shoshiling! Limonaria Village kottejlari uchun bir oylik chegirmalar aksiyasi boshlandi

Katta shaharlarda yashayotgan har bir insonning ko‘nglida bir orzusi bor: «Qaniydi, sokin va bahavo joyda keng hovli uyda yashasam edi». Deyarli hammamiz shu fikrni bir marotaba bo‘lsa-da, xayolimizdan o‘tkazamiz. Yillar o‘taveradi, ammo bu niyatimiz faqat xayollarda yashayveradi. Lekin deyarli har qanday orzuga reallikda erishish imkoniyati mavjud. Faqat buning uchun biroz o‘zgacharoq o‘ylash kifoya.

Shahar shovqinidan uzoqroq, salqin va bahavo hududda joylashgan Limonaria Village kottejlari xaridorlarga ajoyib chegirmalarni taqdim etmoqda. Ushbu imkoniyat aynan sizniki bo‘lishi mumkin.  Shoshiling! 30 noyabrgacha bo‘lgan muddatda Limonaria Village kotteji egasi bo‘ling. Xo‘sh, aksiya doirasida qanday chegirmalar mavjud? Ular quyidagilar:

  • har bir kottejga alohida 2 konturli isitish qozonlari o‘rnatib beriladi. Qishda keng uyni qanday isitaman, deb o‘ylanishga hojat yo‘q. Bundan tashqari, oshxonaning ko‘rki va uy bekalarining orzularidan biri – idish yuvish mashinasi ham sovg‘a tariqasida taqdim etiladi.

 

  • hozirgi paytda shahar chetida yoki boshqa hududda uy qurmoqchi bo‘lsangiz, bu sizga ancha qimmatga tushadi. Buni ushbu jarayonni boshidan o‘tkazganlar juda yaxshi bilishadi. Ya'ni avval uy qurish uchun yer sotib olish kerak. Undan keyin esa imorat qurilishini boshlaysiz. So‘ng boshqa xarajatlar ham sizni kutib turgan bo‘ladi. Lekin Limonaria Village kottejlari bilan bunday hodisa sodir bo‘lmaydi. Kottejni sotib olayotganda yeri uchun ham qo‘shimcha to‘lov qilinmaydi. Faqatgina kottejning o‘ziga xarajat qilasiz.

  • kottej sotib oldingiz, ammo uning ichki dizaynini qanday loyihalashtirish haqida ham o‘ylab qolishingiz mumkin. Bu masalani hal qilish uchun foydali yechim bor: Limonaria Village loyihasi asoschilari sizga 3 xil turdagi (Silver, Gold, Platinum) dizayn loyihalarini sovg‘a sifatida taqdim etishadi. Ma'lumki, interer dizaynini loyihalashtirish ozroq xarajatni talab qiladi. Limonaria Village esa har qanday nozik didli xaridorning ko‘ngliga yoqadigan dizaynerlik namunalarini bepul taklif qilishmoqda. 

  • aksiya doirasida kottejlarning 1 kv.m maydoni 3,3 million so‘mga baholanmoqda. Ko‘p qavatli uylardagi narxlarga solishtiradigan bo‘lsangiz, bu siz, xaridorlarga, ancha arzonga tushadi.

  • kottejlar shaharchasi joylashgan hudud iqlimi nisbatan salqin bo‘lib, toza havodan bahra olishingiz uchun bu ayni muddao. Hudud shahar shovqinidan charchaganlar uchun sevimli maskanga aylanishi aniq.

  • 52 ta kottejlar joylashadigan shaharcha atrofi devor bilan o‘raladi. Xavfsizlik tizimi kun-u tun ishlab turadi. Bu esa sizni mol-mulkingiz haqidagi turli xavotirlardan saqlaydi.

Ko‘p yillik orzungizni amalga oshirmoqchimisiz? Demak, hozirdan harakatni boshlang.

Murojaat uchun telefon: +998 55 500 88 22

Limonaria Village savdo ofisi: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bunëdkor kŭchasi.

Mo‘ljal: Lokomotiv istirohat bog‘i.

Veb-sayt: limonariavillage.uz

Instagram: @limonariavillage

Telegram: t.me/limonariavillage

Facebook: fb.com/limonariavillage

Reklama huquqi asosida

Top