19:25 / 13.11.2020
19878
Tog‘li Qorabog‘ni tark etayotgan armanlar uylariga o‘t qo‘yib ketishmoqda – OAV

Kelbajar, Lochin va Ag‘dam rayonlari 1 dekabrgacha bo‘shatilishi lozim.

Foto: Anadolu Agency

Kelbajar rayonidan 15 noyabrgacha hududni tark etishi lozim bo‘lgan armanlar va harbiy texnika evakuatsiya qilinmoqda.

Uch tomonlama bayonotga muvofiq Ozarboyjonga o‘tishi kerak bo‘lgan rayonlarda odamlar do‘konlar, uylar va boshqa obektlarni vayron qilishmoqda. Xabar qilinishicha, ushbu hududlarda yashagan armanlar uylariga o‘t qo‘yishmoqda. 

Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat tasvirlangan video va fotolavhalar joylashtirilgan. Xususan, Lochin, Kelbajar va Ag‘dam rayonlarini tark etayotgan odamlar o‘z uylari, do‘konlar va boshqa inshootlarga o‘t qo‘yayotgani aks etgan suratlar va videolar paydo bo‘lgan.

10 noyabrga o‘tar kechasi Ozarboyjon, Armaniston va Rossiya Tog‘li Qorabog‘dagi barcha jangovar harakatlarni to‘liq to‘xtatish haqida uch tomonlama bayonot qabul qildi.

Ushbu bayonotga ko‘ra, Ozarboyjon va Armaniston tomonlari hozirda egallab turgan joylarida qoladi. Tog‘li Qorabog‘dagi tutashuv chizig‘i va hududni Armaniston bilan bog‘lovchi yo‘lak bo‘ylab Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari joylashtiriladi.

Mavzu
Ozarboyjon-Armaniston mojarosi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Top