20:40 / 13.11.2020
4864
Yana bir mamlakatda qorako‘zanlarda koronavirus aniqlandi

Shu kunga qadar Daniya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Shvetsiya va AQShdagi qorako‘zan yetishtiruvchi fermalarda koronavirus bilan bog‘liq holatlar qayd etilgandi.

Foto: Reuters

Gretsiya shimolidagi ikkita fermada qorako‘zan (norka)larda koronavirusning mutatsiyaga uchragan shakli aniqlandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Fermaning bir ishchisiga virus yuqqan, qolgan ishchilar tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Ushbu fermada 2,5 ming boshga yaqin jonivor yo‘q qilinadi. Yana bir fermadagi zararlangan jonivorlar soni ma'lum qilinmagan. 

Ushbu fermalar joylashgan Kozani va Kastoriya provinsiyalarida mo‘yna ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatdagi qorako‘zan fermalari yiliga 60-70 million yevro daromad keltiradi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Shvetsiya va AQShdagi norka yetishtiruvchi fermalarda koronavirus bilan bog‘liq holatlar qayd etilgani to‘g‘risida  xabar bergandi.

5 noyabrda esa Daniya hukumati odamlar orasida koronavirusning qorako‘zanlarda mutatsiyaga uchragan shakli bilan kasallanish holatlari aniqlangandan keyin mamlakatda yetishtiriluvchi barcha qorako‘zanlarni yo‘q qilishni buyurgandi. Keyinroq hukumat bu fikrdan qaytgani ma'lum qilindi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top