15:19 / 14.11.2020
11422
2020 yilda “eng ko‘p pul ishlab topgan” marhumlar reytingi e'lon qilindi

Forbes vafotidan keyin ham katta mablag‘ topayotgan mashhurlar reytingini e'lon qildi. Maykl Jyekson reytingda ketma-ket sakkizinchi marta birinchi o‘rinni egalladi.

Bu yil 48 mln dollar “ishlagan” Maykl Jyekson yana reyting yetakchisi bo‘ldi. O‘tgan yili ikkinchi o‘rinni egallagan Elvis Presli esa bu yil 5-o‘ringa tushib qoldi.

Vafotidan keyin ham katta mablag‘ topgan mashhurlar reytingi AQSh musiqa bozoridagi savdolar hisobini olib boruvchi MRC Data kompaniyasi, kinematografiya bo‘yicha IMDbPro ma'lumotlar bazasi va bozor konyunkturasini o‘rganuvchi NPD BookScan kompaniyasi ma'lumotlari asosida tuziladi. Reytingda 2019 yil 1 oktyabrdan 2020 yil 1 oktyabrgacha bo‘lgan muddat hisobga olingan.

 Eng ko‘p mablag‘ topgan marhumlar reytingi quyidagicha:

1.      Maykl Jyekson, qo‘shiqchi—48 mln dollar. 2009 yil 25 iyunda 50 yoshida vafot etgan.

Caption

2.      Teodor Syuz (Doktor Syuz), bolalar yozuvchisi va multiplikator — 33 mln dollar. 1991 yil 24 sentyabrda 87 yoshida vafot etgan.

Caption

3.      Charlz Shuls, karikaturachi rassom, komikslar muallifi — 32,5 mln dollar. 2000 yil 12 fevralda 77 yoshida vafot etgan.

4.      Arnold Palmer, professional golfchi — 25 mln dollar. 2016 yil 25 sentyabrda 87 yoshida vafot etgan.

5.      Elvis Presli, qo‘shiqchi — 23 mln dollar. 1977 yil 16 avgustda 42 yoshida vafot etgan.

6.      Kobi Brayant, basketbolchi — 20 mln dollar. 2020 yil 26 yanvarda 41 yoshida vafot etgan.  

7.      Jared Xiggins (Juice WRLD), qo‘shiqchi — 15 mln dollar. 2019 yil 8 dekabrda 21 yoshida vafot etgan.

8.      Bob Marli, musiqachi — 14 mln dollar. 1981 yil 11 mayda 36 yoshida vafot etgan.

9.      Jon Lennon, musiqachi — 13 mln dollar. 1980 yil 8 dekabrda 40 yoshida vafot etgan. 

10.  Prince, musiqachi — 10 mln dollar. 2016 yil 21 aprelda 57 yoshida vafot etgan.

Top