12:05 / 14.11.2020
7395
Buxoro-Toshkent yo‘nalishidagi «Afrosiyob» poyezdi qariyb ikki soat to‘xtab qoldi

2020 yil 14 noyabr kuni Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 765–sonli «Afrosiyob» elektropoyezdi to‘xtab qoldi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, poyezdda texnik nosozlik kuzatilgan. U soat 08:11da «Baxt» stansiyasida to‘xtagan. 

Qayd etilishicha, nosozlikni bartaraf qilish choralari ko‘rilgan va soat 09:50da «Afrosiyob» elektropoyezdi yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettirgan. 

«O‘zbekiston temir yo‘llar» AJ rahbariyati yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Top