22:00 / 14.11.2020
36318

Namangandagi yangi tashkil etilgan tumanga hokim tayinlandi

Davlatobod tumanida 21ta davlat organi va tashkiloti bo‘limlari ham tashkil etilgan.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 noyabrdagi qaroriga muvofiq Namangan viloyati Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumani tashkil etildi.

Anvar Tojimirzayev ushbu tuman hokimi etib tayinlandi.

Anvar Tojimirzayev bunga qadar Namangan viloyati hokimligi Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq Davlatobod tumanida 21ta davlat organi va tashkiloti bo‘limlari ham tashkil etilgan.

Top