Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida respublikada 157 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

Foto: Getty Images
Qayd etilishicha, bozor xizmatlarining nominal hajmi 16,1 trln so‘mga oshgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 1,8 foizni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:
- aloqa va axborotlashtirish – 9,3 trln;
- moliyaviy – 33,7 trln;
- transport – 38,4 trln;
- yashash va ovqatlanish – 4,2 trln;
- savdo – 41,2 trln;
- ko‘chmas mulk bilan bog‘liq – 4,3 trln;
- ta'lim sohasi – 5,5 trln;
- sog‘liqni saqlash sohasi – 2,2 trln;
- ijara – 2,9 trln;
- kompyuter va maishiy tovarlarni ta'mirlash – 2,3 trln;
- shaxsiy – 3,5 trln;
- me'morchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi – 3,3 trln;
- boshqalar – 5,6 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.