19:58 / 15.11.2020
4735
“Bor ekan – Zo‘r ekan”: maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yangi jurnal

Do‘kon javonlari turli yoshdagi bolalar uchun jurnallarga doimo to‘la. Ammo farzandingiz uchun foydali o‘yin materiallari va zarur bilimni qamrab oluvchi nashrni qanday tanlash mumkin? Bu o‘rinda biz sizga maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yangi, qiziqarli va ta'limiy-ko‘ngilochar jurnal - “Bor ekan – Zo‘r ekan”ni taklif qilishimiz mumkin.

Ushbu yangi nashr boshqa jurnallardan o‘ziga xos milliyligi, sifatli poligrafiya mahsulotlaridan ishlab chiqarilganligi, yorqin bo‘yoqlari va mukammal illyustratsiyalari bilan farq qiladi.

Avvalambor, “Bor ekan – Zo‘r ekan” jurnali maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, davlat talablari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan. Mazkur o‘quv dasturi bolalarning intellektual, jismoniy va ma'naviy rivojlanishiga yordam beruvchi 5 yo‘nalishni:

  • jismoniy barkamollik;
  • ijtimoiy-hissiyotga to‘lalik;
  • nutq, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • bilimga chanqoqlik;
  • ijodiy izlanish kabilarni o‘z ichiga olgan.

Jurnalning interaktiv kontenti mutaxassis va metodistlar jamoasi hamkorligida yaratilgan. Aynan shuning uchun ham jurnal sahifalarida nafaqat farzandingizning ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi, balki uning diqqat-eʼtiborini tortuvchi qiziqarli ma'lumotlar, shuningdek, O‘zbekiston tarixiga oid qahramonlar sarguzashtlari hamda turli-tuman komikslarni aks ettiruvchi ajib hikoyalarni ham uchratish mumkin.

Yorqin va qiziqarli vazifalar siz va farzandingizni o‘ziga jalb qiladi, chunki yangi loyiha ijodkorlik materiallari – qirqish, yopishtirish, devorga osish mumkin bo‘lgan o‘yin va o‘yinchoqlar majmuini ham nazarda tutadi.

Ota-ona va bolalar jurnalning har bir sonida bosh qahramonlar – A'lo va Dononi, shuningdek, ularning ko‘pgina do‘stlarini uchratadilar va ular bilan yaqindan tanishadilar. Har bir qahramon o‘z rukniga javob beradi va sizni bilimga to‘la sahifalar: boshqotirma, matematika va o‘qish elementlari, krossvord va boshqa qiziq vazifalar bo‘ylab sayohatga chorlaydi.

Tahririyat “Bor ekan – Zo‘r ekan” jurnaliga alohida e'tibor qaratgan, shuning uchun siz bu yerda kichkintoylar uchun ertaklar sahifalarini topishingiz mumkin: ota-ona tarbiyaviy ahamiyatga ega ertaklarni o‘qib berishi va hattoki qo‘shiqlar aytishi hamda oddiy, lekin qiziqarli o‘yinlarni birgalikda o‘ynashi mumkin.

Nashr o‘zbek va rus tillarida chiqariladi, uni “Korzinka.uz” va “Makro” supermarketlarida, “Matbuot Tarqatuvchi” shoxobchalarda, “Arena markaz” do‘konlarida, “Erkatoy” o‘yinchoqlar do‘konlarida, “Kitob olami” va “Knijnyy mir” do‘konlarida, shuningdek, bolalar o‘yin maydonchalarida – “Play zone” va “Play arena” kabilarga taqdim etilgan. Tez kunlarda siz ushbu jurnalni viloyat do‘konlaridan ham topishingiz mumkin, yangiliklarni esa jurnalning ijtimoiy tarmoqlarida kuzating.

Batafsil ma'lumot: +99871 205 89 89, +99871 203 20 03

Obuna bo‘lish va ommaviy sotib olish uchun: +99890 939 55 54, +99890 988 58 60

Facebook: fb.com/borekan.zorekan

Instagram: @borekan.zorekan

Reklama huquqi asosida

Top