10:20 / 15.11.2020
3584
Jurnalist Saydi Umirov 82 yoshida vafot etdi

Ustoz jurnalist, adabiyotshunos va pedagog Saydi Umirov 82 yoshida vafot etdi.

Atoqli ijodkor 1938 yili 10 fevralda Samarqand viloyati Payariq tumanida tavallud topgan. 

1960 yilda SamDU filologiya fakultetini tugatib, «Fan va turmush» jurnalida faoliyat boshlagan. 

1965-1967 yillarda fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil olgan va «Abdulla Qahhor prozasida xarakter va sharoit tasvirida badiiy detalning o‘rni» mavzusida dissertatsiya yoqlagan.

Saydi Umirov yarim asrdan ziyod vaqt davomida O‘zMU va O‘zDJTU jurnalistika fakultetlarida dotsent, dekan muovini, dekan, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab keldi.

U O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, «Oltin qalam» mukofotlari bilan taqdirlangan.

Saydi Umirovning matbuot, radio, televideniyeda, to‘plamlarda 600dan ortiq maqola, taqriz, ocherk va suhbatlari chop qilingan. Shuningdek, «Milliy adabiyotlar rivojida tanqidchilikning roli», «San'atning sehrli kaliti», «Da'vatkor so‘z», «Sollanib oqayotgan daryo», «Dorilfununlar taqdirimda», «Tolibnoma», «Ziyobaxsh umr sahifalari» (keyingi ikkisi hammualliflikda), «Ma'naviyat mulkiga sayohat», «Sehrli va mehrli so‘z» kabi kitoblari nashr etilgan.

Top