21:51 / 16.11.2020
19352

Aliyev Tog‘li Qorabog‘ga keldi

Shuningdek, YouTube’da prezident korteji Horadiz shahrida ham yurganligi tasvirlangan videolavha joylashtirilgan.

Foto: asanradio.az

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi Fuzuliy va Jabroil shaharlariga tashrif buyurdi. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

"Bugun Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva ozod qilingan Fuzuliy va Jabroil tumanlariga, xususan Fuzuliy va Jabroil shaharlariga tashrif buyurdi", – deyiladi xabarda.

Shuningdek, YouTube’da prezident korteji Horadiz shahrida ham yurganligi tasvirlangan videolavha joylashtirilgan.

Unda Aliyev avtomobillardan biridan harbiy libosda tushganligi va atrofdagi odamlar bilan salomlashgani aks etgan.

Eslatib o‘tamiz, 9 noyabrda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida bayonot imzoladi. Unga ko‘ra, Ozarboyjon va Armaniston egallab turgan pozitsiyalarida qoladi, mintaqada rossiyalik tinchlikparvarlar joylashtiriladi.

Mavzu
Qorabog‘ urushi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top