08:30 / 16.11.2020
5935
Reklama

Kuz – Olmazor Business City turar joy majmuasiga foydali sarmoyalar kiritish vaqti

“Bizning Uylar Development” kompaniyasi Olmazor Business City keng ko‘lamli turar joy majmuasi qurilish ishlaridagi yangiliklarni taqdim etishda davom etmoqda. Shuningdek, bu kuzda taqdim etilayotgan maxsus chegirmalar va takliflar haqida xabar beradi.

Poytaxtning Olmazor tumanida joylashgan Olmazor Business City keng ko‘lamli turar joy majmuasining qurilish maydonchalarida ishlar yuqori sur'atlarda davom etmoqda. Ayni paytda qurilish guruhlari to‘liq ko‘tarilgan o‘n to‘rt qavatli uyda ichki va tashqi pardozlash ishlarini boshlab yuborishdi. Shu bilan birga, inshootda isitish va havo aylantirish uskunalarini, elektr simlarini va ichki muhandislik tizimlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Eshik va derazalar, lift uskunalari o‘rnatilmoqda. Yil oxiriga qadar turar joy majmuasining dastlabki xonadonlari foydalanishga tayyor bo‘ladi hamda uy egalarini qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Olmazor Business City poytaxtdagi eng yirik turar joy majmualaridan biridir. 23,5 gektardan ortiq maydonda turar joy va savdo maydoni barpo etilmoqda. Majmuada 28 ta ko‘p qavatli turar joy binolari bunyod etiladi, ulardan biri o‘ttiz qavatli osmono‘par bino bo‘ladi.

Binolarning birinchi qavatlari tijorat ko‘chmas mulk zonalari uchun ajratilgan. Majmua ichida xususiy bolalar bog‘chasi, maktab, shopping mall va o‘z kasalxonasi joylashgan bo‘ladi. Ayni paytda Olmazor Business City'da qurilgan turar joy va tijorat ko‘chmas mulk maydoni 43,5 ming kvadrat metrdan oshdi.

Shu yil kuzda “Bizning Uylar” kompaniyasi eksklyuziv taklifdan foydalanib Olmazor Business City turar joy majmuasidan 30% chegirma bilan tayyor ta'mirlangan, zamonaviy va shinam xonadon xarid qilishni taklif qiladi. Shuningdek, xaridorlar 36 oyga uzaytirilgan muddatli to‘lov taklifidan foydalanishlari mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 5-A.

Mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlaridan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Instagram: @bizninguylar 

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top