22:53 / 16.11.2020
7409
Navalniy Peskovni sudga berdi

Dmitriy Peskov oktyabr boshida Navalniy bilan AQSh markaziy razvedka boshqarmasi xodimlari ishlayotgani, unga allaqanday ko‘rsatmalar berishayotganini aytgandi. 

Aleksey Navalniy

Aleksey Navalniy Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovni sudga berdi. Bu haqda «Kommersant'» nashri yozmoqda.

Xabar qilinishicha, da'vo ishi 16 noyabr kuni Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari portalida e'lon qilingan. 

Ma'lumot berilishicha, da'vo arizasi sudyaga kelib tushgan. Arizani kim ko‘rib chiqishi xabar qilinmagan.

Peskov oktyabr boshida Navalniy bilan AQSh markaziy razvedka boshqarmasi xodimlari ishlayotgani, unga allaqanday ko‘rsatmalar berishayotganini aytgandi. 

Shundan so‘ng Navalniy prezident matbuot kotibini sudga bermoqchi ekanligini aytgandi. U shuningdek, o‘zining Amerika maxsus xizmati bilan ishlashi to‘g‘risida dalil ko‘rsatilishini talab qilgandi.  

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga qaytayotganda o‘zini yomon his qilgan va samolyot Omsk shahriga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgandi. Zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga tushgan Navalniy 22 avgust kuni Germaniyadagi «Sharite» klinikasiga olib ketilgach, 7 sentyabrgacha koma holatida bo‘ldi. Keyinchalik oyoqqa turgan Navalniy o‘zining zaharlanishi shaxsan Vladimir Putinning topshirig‘i bilan amalga oshirilganini aytgan.

Top