12:13 / 16.11.2020
6457

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10400 so‘mga yaqinlashdi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 17 noyabr kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,05 so‘mga oshgan va bir dollar 10390,93 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 27,263 so‘mga tushib, 12294,55 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 0,25 so‘mga qimmatlagan va 1 rubl 134,34 so‘mni tashkil etgan.

Mavzuga oid
Top