12:24 / 16.11.2020
44894

O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

18-20 noyabrda O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural (Yekaterinburg) hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 

Foto: O‘zgidromet

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 18-19 noyabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18 noyabrda Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba'zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. 19 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

18-19 noyabrda respublikaning tog‘ hududlarida qor yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ba'zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

18-20 noyabrda barcha joylarda harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, shimolda 10-15 daraja sovuq, kunduz kuni 0-5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me'yordan 10-15 darajaga kam bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top